Paligorskit

Paligorskit (Uraldagi Paligorsk koni nomidan), attapulgit, tog’ terisi, tog’po’kagi, tog’yog’ochi — mortmorillonit guruhiga mansub mineral, magniyning suvli silikati. Monoklin yoki romb singoniyali. Kristallari strukturasi cho’ziqlentali yoki qatqat. Rangi oq, ba’zan sarg’ishkulrang. Qattiqligi 2-2,5, zichligi 2100-2300 kg/m3. Arid iqlimli joylarda, dengiz va sho’r suvli havzalarda (ko’l va lagunalar), qisman nurash qobiqlarida magnezial silikatlar (masalan, serpentin)dan qosil bo’ladi. Paligorskitning qattiq va zich massasi qoplama va qatlamcha shaklida, tarqoq kristallari gil minerallari, mergel va oxaktoshlar orasida uchraydi. Paligorskit neftni qayta tozalash, qog’oz sanoati, tibbiyotda, parmalash ishlari va qurilishda keng qo’llanadi. Ukraina, Shimoliy Kavkazda, O’zbekistonda (Farg’ona, Surxondaryo viloyatlarida hamda Qizilqumda) Paligorskit konlari bor.