Palermo toshi
Palermo toshi — qadimgi Misr yilnomalari o’yib bitilgan diorit plita parchasi (43,5×25 santimetr). Qadimgi fir’avnlar sulolasigacha bo’lgan vaqtdan boshlab (miloddan avvalgi 4-ming yillik oxiri) bir qancha asrlarni qamrab olgan. Matn V sulola davrida (miloddan avvalgi 25-asr) tushirilgan. 1877 yildan Palermo (nomi shundan) muzeyida saqlanadi. Palermo toshi Qadimgi Misr xronologiyasi bo’yicha o’ta muhim manba bo’lib, fir’avnlarning iqtisodiy, harbiy va liniy siyosati yuzasidan qimmatli ma’lumotlarni qamrab olgan.