Paluba

Paluba (slavyancha luba — yo’nilgan taxta) — kemalarning suv o’tkazmaydigan gorizontal yog’och yopmasi. Yuqori va pastki Palubalarga bo’linadi. Yuqori Paluba umumiy mustahkamlikni va ko’ndalang biqolikni ta’minlaydi. Pastki Paluba kemani balandligi bo’yicha bir necha qismga ajratadi, uning mustahkamligini oshiradi, turli yuk va to’lqinlar zarbini o’ziga qabul qiladi. Palubada xizmat va turar joy xonalari, mexanizm va jihozlar joylashadi. Po’lat kemalarda Paluba po’lat listlardan qilinib, bo’ylama va ko’ndalang bog’lovchilar bilan mustahkamlanadi. Palubaning kema bortiga tegib turadigan joylari uzunasiga qalin po’lat to’shamadan yasaladi. Kema korpusida bir yoki bir necha Paluba va platforma bo’ladi.