Vitellogenez

Vitellogenez (lotincha vitellus — sariqlik va …genez) — sariqlik hosil bo’lishi, oositlarning tez o’sish fazasida ularda sariqlik sintezlanishi va to’planishi. Bu jarayonda oositning ishtiroki oogenez tipiga bog’liq. Solitar oogenezda sariklik oqsillari oositning granulalashgan endoplazmatik to’rida (ya’ni endogen) sintezlanadi; Golji kompleksida esa sariqlik granulalari shakllanadi va uglevodlar oqsillarga birikadi. Alimentar oogenezda sariqlik oqsillarining asosiy qismi tuxumdondan tashqarida (ya’ni ekzogen) sintezlanadi va pinositoz orqali gemolimfadan yoki qondan oositga o’tadi; sariqlik granulalari esa Vitellogenin oqsilidan pinositoz pufakchalarda shakllanadi. Bu pufakchalar bir-biri va Golji kompleksi moddalari bilan qo’shiladi. Bir qancha mollyuskalar va suvda hamda quruqliqda yashovchilarda kristallik tuzilgan sariqlik granulalari mitoxondriyalarda shakllanadi.