Volkambriya

Volkambriya (Volcameria) — tizmaguldoshlar oilasiga mansub xushmanzara o’simlik. Yer yuzining Sharqiy va G’arbiy qismlarida 90 ga yaqin turi uchraydi. Buta, yarim buta, ba’zan daraxtlardan iborat bo’ladi. Barglari novdada qarama-qarshi yoki doira hosil qilib joylashadi. To’pgullari ro’vak shaklida, xushbo’y hidli. Ayrim turlarining poyasi o’rmalovchi, ba’zi turlari gultuvaklarda xushmanzara o’simlik sifatida o’stiriladi.