Voyevodina

Voyevodina—Yugoslaviyada, Serbiya Respublikasi tarkibidagi Muxtor o’lka. Maydoni 21,5 ming km2. Aholisi 2 million kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Ma’muriy markazi — Novi-Sad. Iqlimi mo’tadil, kontinental. Iyulning o’rtacha temperaturasi 22-24°, yanvarniki 1,2 — 2,6°. Yillik yog’in 550-750 mm. Yirik daryolari: Dunay, Tisa, Tamish. Voevodinada 6-asrda slavyanlar, 9-asr oxirida vengerlar yashagan. 10-asrdan Vengriya qirolligi tarkibiga kirgan, 1526— 1918 yillarda Voevodina hududi Gabsburglar monarxiyasi qo’li ostida, 1918 yildan Serb, xorvat va slovenlar qirolligi (1929 yildan Yugoslaviya) tarkibida. 1945 — 63 yillar Muxtor viloyat, 1963 yildan Muxtor o’lka. Voevodina — Serbiyaning xo’jaligi eng rivojlangan qismi. Qishloq xo’jalik bog’dorchilik va tokchilik, go’sht-sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Sanoati mahalliy xom ashyoga asoslangan. Voevodinaning Sharqiy qismida neft va gaz chiqariladi. To’qimachilik, mashinasozlik, kimyo, elektrotexnika, tsellyuloza-qog’oz, tsement, oziq-ovqat sanoati rivojlangan.