ARGISHTI I

Ma’nosi

ARGISHTI I — Urartu podshosi (miloddan avvalgi 8-asr 1-yarmi). Argishti I podsholigi davrida Urartu yaqin Sharqdagi qudratli davlatga aylangan. Shim. Suriya, Urmiya ko’li atrofi, Janubiy Kavkazortiga egalik qilish uchun Ossuriyata qarshi muvaffaqiyatli urushlar olib borgan. Kavkazortida Argishti I davrida yirik qal’alar — Erebuni (Erevan yaqinida) va Argishtixinili bunyod etilgan.

O‘xshash so‘zlar

A harfi: barcha so‘zlar