Virtuoz

Virtuoz (lotincha virtus — jasorat, iste’dod) — o’z san’atining ijro texnikasini mukammal egallagan (tub ma’noda — ijroviy qiyinchiliklarni mohirona enga oladigan) san’atkor (sozanda, xonanda va boshqalar). Virtuoz atamasi Yevropada 18-asrdan ma’lum. Fortepiano musiqasida F. List, skripka ijrochiligida N. Paganini, xonandalikda belkanto ustalari Virtuoz sifatida tanilgan. Sharq musiqa madaniyatida ijroviy imkoniyatlari nihoyatda keng bo’lgan Munir Bashir (Iroq), Ravi Shankar (Hindiston), Umm Kulsum (Misr), Bismilloxon (Pokiston) va boshqalar, O’zbekistonda Usta Olim Komilov, Domla Halim Ibodov, M. Qoriyoqubov, F. Sodiqov, T. Alimatov, A. Ismoilov, A. Abdurashidov kabi kator sozanda hamda hofizlar o’zining yuksak ijrochilik mahorati bilan shuhrat qozongan.