Vilgelmsxafen
Vilgelmsxafen (Germaniya imperatori Vilgelm I nomi va nemischa xafen — gavan, port so’zidan) — GFR dagi shahar, quyi Saksoniya erida. Aholisi qariyb 91 ming kishi. Shim. dengiz sohilidagi, EMS-Yade kanalining quyilish joyidagi port (yuk ortish va tushirish yiliga 20 million tonna chamasida). Mamlakatning chetdan neft qabul qilib oladigan muhim bandargohi (Vesseling shahriga 360 kilometrga neft quvuri tortilgan). Mashinasozlik (jumladan hisoblash mashinalari, kemasozlik), rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo, tikuvchilik, to’qimachilik, yog’ochsozlik sanoati korxonalari bor. Baliqovlash markazi. Shaharga 1853 yilda harbiy dengiz bazasi sifatida asos solingan.