Vilshtetter (Willststter) Rixard Martin
Vilshtetter (Willststter) Rixard Martin (1872.13.8, Karlsrue -1942.3.8, Lokarno, Shveytsariya) — nemis kimyogari va biokimyogari. Syurix oliy texnika maktabi (1905-12), Berlindagi Kayzer Vilgelm kimyo instituti (1912-15), Myunxen universiteti (1916-25) professor. Asosiy ishlari tropin, atropin, kokain alkaloidlari, qon pigmentlari va xlorofillning kimyoviy tuzilishini o’rganishga bag’ishlangan. Vilshtetter anilin bo’yoqlari va o’simlik pigmentlari (antosianlar va flavonlar)ni tekshirgan. Fermentlar kimyosiga katta hissa qo’shgan, katalitik gidrogenizasiya, fotosintez va tsellyulozaning parchalanish jarayonlarini o’rganish borasida tadqiqotlar o’tkazgan. Nobel mukofoti laureati (1915).