Vinilxlorid
Vinilxlorid, SN2=SNS1 — monoxloretilen, rangsiz gaz. Molekulyar moddasi 62,50; qaynash temperaturasi — 13,8°, suyuqlanish temperaturasi -158,4°, zichligi 983 kg/m3 (15°da). Xloroform, dixloretan va efirda yaxshi, suvda yomon eriydi. Vinilxlorid Digaloidli hosilalardan bir molekula vodorod galogenidni tortib olish va atsetilen uglevodorodlariga bir molekula vodorod galogenid biriktirish yo’li bilan olinadi. Vinilxlorid asosan polivinilxlorid, turli sopolimerlar, vinilidenxlorid va metilxloroform ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida qo’llaniladi.