Vladimir
Vladimir — Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Vladimir viloyatining markazi. Klyazma daryosining chap sohilida. Temir yo’l va avtomobil yo’llari tuguni. Aholisi 356 ming kishidan ziyod (1999). Shahar sanoatida mashinasozlik («Vladimir traktor zavodi», «Avtopribor», «Elektropribor», elektr motori va boshqa ishlab chiqarish birlashmalari) yetakchi o’rinda. Kimyo sanoati rivojlangan (sintetik smola, plastmassa va plastmassa buyumlari). Qurilish materiallari, tikuvchilik va trikotaj buyumlari, oziq-ovqat sanoati korxonalari, issiqlik elektr markazi bor. Vladimir 1108 yilda Knyaz Vladimir Vsevolodovich monomax tomonidan Rostov-Suzdal Knyazligini ximoya qiluvchi qal’a sifatida barpo etilgan. Vladimirda «Oltin darvoza» (1158— 64), Uspenie (1158-60) va Dmitriyev (1194-97) soborlari saqlangan. Politexnika va ped.agogika institutlari, 11 maxsus o’rta o’quv yurti, 2 teatr, Vladimir-suzdal tarixiy me’moriy va badiiy muzey- qo’riqxona bor.