Vibrator
Vibrator (lotincha vibro — tebranaman) — 1) mexanik Vibrator — mexanik tebranish (titrash)lar hosil qiladigan qurilma; mustaqil ravishda yoki vibratsiya mashinalari va uskunalarning uzeli tarzida ishlatiladi. Materiallarni zichlash, masalan, qurilishda gruntlarni shibbalash, beton krrishmalarni zichlash, quymalarni opokalardan chiqarish, inshoot, asbob va apparatlarning titrashga turg’unligini sinash, qoziq qoqish va boshqalarda qo’llaniladi; 2) elektr Vibrator — elektromagnit tebranishlarni vujudga keltiradigan (tebranish manbai bo’lgan) tok o’tkazuvchi material yoki dielektrikdan iborat shtir, metall sim bo’lagi. Vibrator oddiy yoki murakkab antennalarning elementi sifatida ishlatiladi.