Vigner (Wigner) Yudjin (Eugen) Pol

Vigner (Wigner) Yudjin (Eugen) Pol (1902.17.11, Budapesht) — Amerikalik nazariyotchi-fizik. AQSh va Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi. 1930 yildan AQShda. Birinchilardan bo’lib (1931) guruhlar nazariyasini va simmetriya g’oyasini kvant mexanikaga tatbiq qilishning samaraliligini ko’rsatib bergan. Zarralarning sochilish nazariyasi va qattiq jismlar nazariyasiga doir muhim ishlar muallifi. Birinchi Amerika yadro reaktorini yaratganlardan biri. Nobel mukofoti laureati (1963).