Vino kislotalar

Vino kislotalar NOOS- SN(on)-(no)SN-soon — dioksi-qahrabo kislotalar. Molekulyar modda 150,09; rangsiz kristallar. 3 ta stereoizomer (D, L va mezovino kislota) va ratsemat (uzum kislota) holida mavjud, suyuqlanish temperaturasi 170°; qorong’ida ishqalansa shu’lalanadi. Suvda yaxshi, spirtda qiyinroq eriydi. Ko’pgina mevalar sharbatida bor, uzum sharbatida 1,7% gacha bo’ladi; vino toshidan olinadi. Mis, alyuminiy, uch valentli temir tuzlari bilan o’zaro ta’sir etib, suvda yaxshi eriydigan kompleks birikmalar (Feling reaktivi) hosil qiladi. Gazli ichimliklar tayyorlashda, qandolatchilikda, analitik kimyoda, to’qimachilikda, tibbiyotda ishlatiladi.