Villemit
Villemit (Niderlandiya qiroli Vilgelm I nomidan) — orolsimon silikatlar kenja sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi Zn2 (Si o4). Ko’shimchalari Mn, Ca, Mq. Singoniyasi trigonal. Rangsiz, yashilsimon yoki sarg’ish-qo’ng’ir. Ultrabinafsha va katod nurlarida lyuminessentsiyalanadi. Yaltirashi shishasimon, yog’simon, smolasimon. Prizmatik va ba’zan ignasimon kristallar. Odatda, donador yoki radial shu’lasimon agregatlar. Qattiqligi 5-6. Sof og’irligi 3,8—4. Ko’rg’oshin-ruxli konlarning oksidlanish zonasida, shuningdek ba’zi bir kontakt-metasomatik konlarda hosil bo’ladi. Rux olinadigan ruda. Rangi tiniq turlari qimmatbaho tosh hisoblanadi. AQSh, Zambiya, Rossiya Federatsiyasi (Sharqiy Zabaykale, Primore), Ukrainada, O’rta Osiyoda, jumladan O’zbekistonda (Qurama tizmalarida), Qirg’izistonda (Kumushtov) topilgan.