Vindikatsiya
Vindikatsiya (lotincha vindicatio — talab qilib olish) — mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish. Mulk biron-bir shaxs (Fuqaro yoki yuridik shaxs)ning qonunsiz egaligida bo’lsa, mulk egasi o’z mulkini natura (asli) holatida qaytarish haqida bu shaxsga nisbatan sudda da’vo qo’zg’atishga, o’z mol-mulkini uning qonunsiz egaligidan talab qilib olishga hakli. Mol-mulkni talab qilib olinganda daromadlar va xarajatlarni to’lash tartibi tegishli qonunlarda belgilab berilgan (O’zR FK, 228-230-moddalar).