Vibrion

Vibrion (Vibrio) — Vibrionaceae oilasiga mansub urug’; spora hosil qilmaydigan vergulsimon bakteriyalar. Uzunligi 0,5—1,5, yug’onligi 0,3—0,6 mkm. Xivchinlari bir yoki bir nechta hujayraning bir qutbida joylashadi. Vibrion uchun polimorfizm xos. Suvda, tuproqda, odam va hayvonlar ichagida yashaydi. Vibrion patogen va saprofit bo’ladi. 100 dan ortiq turi ma’lum. Masalan, Vibrio cholera! asiaticae odamlarda vabo kasalligini qo’zg’atadi. Bu Vibrionni birinchi marta nemis olimi R. Kox 1883 yilda Misrdagi vabo epidemiyasi vaqtida bemorlarning axlati va nobud bo’lganlarning ichagini tekshirishda aniqpagan. Mikrobiolog N. F. Gamaleya kasallikdan o’lgan tovuq va kaptarlarda odamda kasallik qo’zg’atish xususiyati bo’lmagan Vibrionni aniqlagan. Bundan tashqari, tsellyulozani emiruvchi, faqat hayvonlar yoki qushlarni, hasharot va baliqlarni kasallantiruvchi Vibrion ham uchraydi.