AREOGRAFIYA

AREOGRAFIYA — astrofizikaning Marsning sirt tuzilishini xaritalashtirish bilan shug’ullanuvchi bo’limi. Mars xaritalari vizual kuzatishlarga asosan tuzilgan. Mars sirtida «dengiz» deb ataluvchi katta katta qoramtir dog’lar, ular atrofida yorug’qit’alar va qutblar atrofida «qutbiy do’ppilar» deb ataluvchi oq dog’lar kuzatiladi. Marsning kichik qoramtir dog’lari «ko’llar» va «voha»lar deyiladi. Ko’pincha, Mars kanallari shunday «vohalarda» kesishadi. Och qoramtir joylar — «botqoqlik», dengizning uch-burchaksimon turtib chiqqan joyi «Ko’rfaz» deyiladi. Ko’pchilik «dengizlar» Marsning Janub yarim sharida joylashgan. Ularning eng qoramtirlari — Mare Sirenium, Mare Cimmerium, Mare Tirrenium, Syrtis Major, Sabarns sunus bir-biri bilan tutashgan holda 0° dan 30° gacha areografik kengliklar orasida joylashgan. Janubdagi ko’pchilik «Ko’rfaz»larning uchi shimolga yo’nalgan. Marsda areografik uzunlik Sabaens sunus «Ko’rfaz»idan boshlab hisoblanadi. Shimol yarim shardagi «dengiz»lar kamdan kam tutashgan bo’ladi. Ularning eng kattasi Mare Acidalinr — uchi Janubga qaragan uch burchakli qora dog’shaklida. Mars dengizlarining rangi va qoramtirlik darajasi mavsumga qarab o’zgarib turadi. Mars tog’larining eng balandi 5 kilometrdan ortiq emas. Amerika kosmik kemasi «Mariner-4» yordamida 1965 yil 15 iyulda olingan Mars sirtining fotosuratlarida Oydagi kabi halqasimon tog’lar (kraterlar) va tizma tog’larni ko’rish mumkin. Mars sirtida diametri 4 kilometrdan ortiq bo’lgan kraterlar soni 10000 tacha deb taxmin qilinadi. «Mariner-4» da olingan rasmlarda Mars sirtining fotosuratlari keltirilgan. Bunda «Mariner- 4″da rasmga olingan joylar ham belgilangan.