ARZAMAS
ARZAMAS — Rossiya Federatsiyasi Nijniy Novgorod viloyatidagi shahar. Temir yo’l tuguni. Aholisi 112,8 ming kishi (1999). Mashinasozlik, atom reaktorlari ishlab chiqarish, yengil sanoat (kigiz fabrikasi), oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari korxonalari bor. Pedagogika instituti, Nijniy Novgorod politexnika institutining kechki fakulteti, qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish va elektrlashtirish texnikumi, kooperativ texnikumi, tibbiyot va musiqa bilim yurtlari, drama teatri, o’lkashunoslik muzeyi bor. Arzamas 1578 yilda vujudga kelgan.