Veterinariya dorixonasi

Veterinariya dorixonasi -veterinariya doktori resepti bilan dori tayyorlaydigan, uni saqlaydigan va tarkatadigan muassasa. Veterinariya dorixonasi ikki xil bo’ladi: 1) qishloq xo’jalik hayvonlari kasalliklariga qarshi kurashadigan stansiyalar qoshidagi Veterinariya dorixonasi faqat shu muassasaga qarashli hayvonlarni davolash uchun dori tayyorlaydi, dorini hayvon egalariga uyda davolash uchun tarqatadi. Bu xildagi Veterinariya dorixonasisida veterinariya doktori yoki feldsheri xizmat qiladi; 2) zoovetta’minot tizimidagi Veterinariya dorixonasi jamoa, shirkat, aktsionerlik, fermerlik xo’jaliklarini, shuningdek veterinariya shifoxonalarini dori hamda kerakli asboblar bilan ta’minlaydi. Bu xil Veterinariya dorixonasi dorini faqat veterinariya doktori va tashkilotlarning talabnomasiga muvofiq tarqatadi, o’zida resept bilan dori tayyorlamaydi. Shaharlarda ham dorini aholi va tashkilotlarga sotadigan veterinariya dorixonalari bor.