Qorasuv, G’arbiy Furot
Qorasuv, G’arbiy Furot — Turkiyaning Sharqiy qismidagi daryo, Furot daryosining bosh irmog’i. Uzunligi 470 kilometr, havzasining maydoni 22 ming km2. Ko’p qismi chuqur daralardan oqadi. Arzirum va Erzinjon shaharlari yaqinida vodiysi keng. Bahorda toshadi, yozda suvi kamayadi. Daryoda yog’och oqiziladi.