Qorasuv

Qorasuv — Qirg’iziston Respublikasi O’sh viloyatidagi shahar (1960 yildan). O’sh-Qorasuv vohasida, Bishkek— O’sh avtomobil yo’li yonida joylashgan. Aholisi 17,9 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Andijon — Jalolobod temir yo’l liniyasida. Qorasuvdan O’shga temir yo’l shoxobchasi o’tgan (22 kilometr). Paxta tozalash, moy ekstraktsiya, avtomobil ta’mirlash zavodlari, avtokorxona, un mahsulotlari kombinati bor. Avtovokzal, madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bog’i ishlab turibdi.