Qunduz

Qunduz — Afg’onistonning shim. qismidagi Daryo, Amudaryoning chap irmog’i. Ko’hibobo tizmasining shim. yon bag’ridan boshlanadi. Uz. 420 km. To’linsuv davri mart—apr. oylariga to’g’ri keladi. Yozda toshadi. Tog’lardagi qorlardan to’yinadi. Daryoga GES qurilgan. Q. bo’yida Qunduz sh. joylashgan.