Qo’ltiqtumor

Qo’ltiqtumor — zargarlik buyumi; ayollarning yelka oshirib qo’ltiq ostidan o’tkazib taqiladigan taqinchog’i. Qo’ltiqtumor to’rtburchak shaklli qopqoqli qugacha va uning yuqori qismiga ulangan uzun zanjirdan iborat. Quticha yuzasi sovotkori, kandakori va bosma usulida naqshlar bilan bezatiladi, ba’zan feruza ko’zlar qadaladi; qutichaning tag qismi kunguralar bilan hoshiyalangan, kunguralarga marjon, sadaf munchoqli shokilalar osiladi. Qo’ltiqtumor ichiga duo, Qur’on oyatlari bitilgan qog’oz solib qo’yiladi. Respublika muzeylarida Qo’ltiqtumorning hashamdor bezatilgan nusxalari saqlanadi.