Qo’ytosh
Qo’ytosh — Jizzax viloyati G’allaorol tumanidagi shaharcha (1942 yildan). Tuman markazi va yaqin temir yo’l stantsiyasi (G’allaorol shahri)dan 35 kilometr. Aholisi 5,5 ming kishi (2005). 3 umumiy ta’lim maktabi, sanoat korxonalari, qurilish tashkilotlari, avtokorxona, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bor. Madaniyat uyi, kutubxona, stadion, kasalxona, tug’ruqxona, poliklinika, dorixona aholiga xizmat ko’rsatadi. Qo’ytosh — G’allaorol yo’nalishida avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi.
O‘xshash so‘zlar
- Qo’ytosh tog’i
- Qo’yxona
- Qo’zg’alish
- Qo’zi
- Qo’zi, qo’zichoq
- Qo’ziboy
- Qo’ziboyev Ne’mat Mirzaboyevich
- Qo’ziqorin











