Qo’ziquloq

Qo’ziquloq — yalpizdoshlar oilasiga mansub turkum. Yer yuzida 100 ga yaqin turi bor. O’zbekistonda 20 turi o’sadi. Qo’ziquloqga ko’p yillik sertuk o’t o’simliklar kiradi. Poyasi tik, balandligi 120 santimetrgacha. Gullari, asosan, poyaning yuqori qismidagi barglar qo’ltiqlarida halqa shaklida o’rnashgan bo’lib, qiyshiq, ikki labli. Kosachabarglari tukli. Gultojbargchalari turiga qarab har xil rangda bo’ladi. Barglarining shakli nashtarsimondan tuxumsimongacha; qalin tuklar bilan qoplangan. Qo’ziquloq, asosan, iyun—iyulda gullab, meva tugadi. O’zbekistonning tog’li hududlarida turli ekologik sharoitda o’sadi.