Quruqsoy

Quruqsoy — Samarqand viloyati Payariq tumanidagi soy. Uzunligi 46 kilometr, havzasining maydoni 296 km2. Nurota tizmasining Janubiy-g’arbiy yon bag’ridan boshlanib, shimoli-g’arbdan Janubi-Sharqqa tomon oqadi. To’sunsoyga quyiladi. Soy o’zani shag’al va xarsang toshlar bilan qoplangan. Asosan, yer osti, shuningdek, qor va yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Bahorda suvi toshadi (yillik oqimning 80% oqib o’tadi). Quruqsoyga Qoratepa, Chormitan soylari kelib quyiladi. Suvi Payariq tumanining ekin maydonlarini sug’orishga sarf bo’ladi.