Xeyluntszyan
Xeyluntszyan — Xitoyning shimoliy Sharqiy qismidagi provintsiya, Amur daryosi (xitoycha Xeyluntszyan) havzasida. Maydoni 463,6 ming km2. Aholisi 37,73 million kishi (1999). Ma’muriy markazi — Xarbin shahri. Yer yuzasining aksari qismi tekislik. Shimoli g’arbida katta Xingan, o’rta qismida kichik Xingan, Jan.sharqida Sharqiy Manchjuriya tog’lari joylashgan. Maydonining 30% o’rmon bilan qoplangan. Xo’jaligi agrarindustrial xarakterga ega. Qishloq xo’jaligining yetakchi tarmog’i — dehqonchilik. Bug’doy, makkajo’xori, gaolyan, kartoshka, arpa, suli va boshqalar ekiladi. Xeyluntszyan qand lavlagi, soya, uzun tolali zig’ir, kungaboqar etishtirishda mamlakatda 1-o’rinda. Kumir, yonuvchi slanes, temir rudasi va rangli metall rudalari qazib olinadi. Neftni qayta ishlash sanoati rivojlangan. Neft quvurlar orqali Dasin, Pekin, ShanyanDalyan shaharlariga yuboriladi. Mashinasozlikning turli tarmoqlari, metallurgiya, kimyo, qog’oz, yog’ochsozlik sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari, stanoklar, elektrotexnika, radioelektronika buyumlari ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat, to’qimachilik sanoatlari rivojlangan. Daryolarida kema qatnaydi. Asosiy shaharlari — Tsisikar, Mudan- Szyan, Xegan va boshqalar.