«Xurshid»
«Xurshid» («Quyosh») — ilk o’zbek gazetalaridan biri. «Ilmiy, adabiy, siyosiy, madaniy, turkcha jaridai islomiyadur». 1906 yil 7 sentabrdan haftada 1 marta Toshkent shahrida nashr etila boshlagan. Ilin bosmaxonasida dastlab toshbosma (kotibi o’tab Rasulov), so’ng mixbosmada bosilgan. Noshir va muharriri Munavvarqori Abdurashidxonov. Gazeta «hech partiyaga mansub emasmiz, milliy betaraf, to’g’rihaqqoniyatchimiz» degan fikrga amal qilgan. «Feleton», «Axbori doxiliya», «axbori xorijiya» ruknlari ostida kundalik muammolar, siyosiy ahvol, xalqaro vaziyat, milliy turmush masalalari haqida ma’lumot berib borgan. «Tarjimon», «Vaqt», «Ulfat» gazetalaridan siyosat, xalqaro vaziyat va milliy masalalarga oid maqola va xabarlarni ko’chirib bosgan. Matbuotning milliy madaniyatdagi o’rni va rolini to’g’ri tushuntirib bergan. So’l yo’nalishdagi asarlarni bosgani uchun chor Rossiyasining Turkiston tsenzurasi tomonidan to’xtatib qo’yilgan.