Malinke, maninka

Ma’nosi

Malinke, maninka — G’arbiy Afrikada tarqalgan mande tillaridan biri, bamana va diula tillari bilan birgalikda mandingo til birligini tashkil etadi. Senegal, Gvineyada, qisman Mali, Liberiya, Serra-Leoneda tarqalgan; unda 4 millionga yaqin kishi so’zlashadi. Anchagina laxjalari bor: Konya, koranko, Manya, Mau sinya va boshqalar. Malinkeda unlilar tizimi rivojlangan: ochiq, cho’ziq va burun fonemalar; bu uch belgi-xususiyat bir fonemaning o’zidan namoyon bo’la oladi. Morfologiyasi yaxshi rivojlanmagan analitik til bo’lganligi sababli, Malinkeda sintaktik vositalar, xususan, gapda qat’iy belgilangan so’z tartibi, ko’makchilarning alohida o’rni katta ahamiyatga ega.

O‘xshash so‘zlar

M harfi: barcha so‘zlar