Xromatin
Xromatin — o’simlik va hayvon hujayralari yadrosidagi xromosoma moddasi. Asosiy bo’yagichlar ta’sirida kuchli rangga kiradi; hujayralar bo’linganda xromosomalarda ma’lum shaklni oladi. «Xromatin»terminini 1880 yilda fanga nemis gistologi V.Flemming kiritgan. Hozirgi zamon tsitologiyasida Xromatin deb interfazadagi xromosoma moddasi tushuniladi. Xromatin tarkibiga dezoksiribonuklein kislota (DNK) (30— 40%), ribonuklein kislota (RNK), gistonlar va giston bo’lmagan oqsillar kiradi. Xromatinning asosiy tarkibi dezoksiribonukleoproteid iplaridan iborat.