Xuxxoto, Xuxexaoto

Xuxxoto, Xuxexaoto (avvalgi nomi Guysuy) — Xitoyning shimoliy qismidagi shahar. Ichki Mongoliya Muxtor rnining ma’muriy markazi. Aholisi 2,04 million kishi (1999). Pekin—Baotou temir yo’ldagi yirik savdo-transport chorrahasi. Mamlakatning muhim madaniyat va ilmiy markazlaridan. Qora metallurgiya, mashinasozlik, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi (ko’nteri, jun, go’sht, shakarqand, un tortish) korxonalari ishlab turibdi. universitet bor. Hunarmandchilikda turli buyumlar ishlab chiqariladi. Shaharga 16-asrda asos solingan.