Muzbel dovoni

Muzbel dovoni — Chatqol tizma tog’lari (Toshkent viloyati)dagi dovon. Balandligi 3060 metr. Ohangaron vodiysidagi Yangiobod shahridan chiqqan yo’lovchilar Dukantsoy, Alatanga, Muzbel soylarining vodiylaridan Muzbel dovoniga, undan Muzbel tizmasi suvayirg’ichi orqali Teraklisoy, Oqbuloqsoy, Chatqoldaryosi vodiylariga, so’ngra Burchmulla qishlog’iga o’tishlari mumkin. Dovondan iyun-sentabr oylarida foydalanish xavfsiz.