Monaxlik ordenlari
Monaxlik ordenlari — katolisizmning markazlashgan monaxlik uyushmalari. Ular o’z faoliyatlarida Rim papasi tasdiqlagan ustavlarga amal qiladilar. Ilk Monaxlik ordenlari benediktchilar uyushmasi bo’lib, unga 6-asrda Italiyada asos solingan. 12-13-asrlarda Frantsiyada katoliklarning bir necha Monaxlik ordenlari tuzildi. Katolik Monaxlik ordenlari a’zolarining ko’pchiligi monastirlarda yashaydi. 1970-yillarda 180 ga yaqin Monaxlik ordenlari bor edi.
O‘xshash so‘zlar
- Monaxlar, rohiblar
- Monblan
- Mone (Monet) Klod Oskar
- Monetarizm
- Mongol tili
- Mongoliya
- Mongoliya fanlar akademiyasi
- Mongoliya oltoyi











