Mikrospora

Mikrospora (mikro… va spora) — har xil sporali qirqquloqsimonlar va urug’li o’simliklarning mayda sporalari. Odatda, maxsus organlar — mikrosporangiylarda arxesporial hujayralarning meyozga uchrashi natijasida ko’p miqdorda hosil bo’ladi. Mikrospora yupqa ichki parda va ancha qalinroq tashqi pardadan tuzilgan. Qirqquloqsimonlarda Mikrospora jinsiy a’zo — anteridiyli erkak o’simta hosil qiladi. Suv, shamol va boshqalar yordamida tarqaladi.