Melaneziya irqi
Melaneziya irqi — katta ekvatorial (negr-avstraloid) irqning tarmog’i. Ko’p belgilari bilan (yuz tuklarining ko’pligi, qosh usti suyagining o’sganligi va boshqalar) avstraloid irqiga o’xshash, faqat sochining jingalakligi bilan farqlanadi. Melaneziya, Yangi Gvineya, Sharqiy Indoneziya, Filippin orollarida, Malakka yarim orolida; Andaman orollarida, shimoliy-Sharqiy Avstraliyada keng tarqalgan.