Medeo
Medeo — yirik xalqaro sport majmui. Qozog’istonning Orqa Ili Olatovida, Olmaota yaqinida, dengiz sathidan 1691 metr balandlikda joylashgan. 1951 yil ochilgan. 1970-72 yillarda ta’mirlangan. Sun’iy yaxmalak bilan qoplanadigan maydoni 10,5 ming kvadrat metr; 12,5 ming o’rinli stadioni bor. Konkida yugurish, figurali uchish, koptokli xokkey bo’yicha mashg’ulotlar va musobaqalar o’tkaziladi.