Mbuji-mayi
Mbuji-mayi (1966 yilgacha Bak-Vanga) — Kongo demokratik Respublikasining Janubiy qismidagi shahar, Bushimae daryosining Sankuru daryosiga quyilish joyida. Sharqiy Kasai viloyatining ma’muriy markazi. Axoliey 1 million kishi chamasida (2000). Avtomobil yo’llari tuguni. Dunyoda texnik olmoslar olishning eng yirik markazlaridan. Oziq- ovqat sanoati korxonalari bor.