Rabot
Rabot (Arabcha) — o’rta asrlarda arablarning mustahkamlangan qarorgohi. Tarhi to’rtburchak, devorlarida minoralari bo’lgan. Dastlab (Islom dini tarqala boshlagan davrda) g’oziylarga mo’ljallab qurilgan maxsus bino. Keyinchalik Rabot faqat qo’rg’on, istehkom ma’nosidagina emas, balki mehmonxona (karvonsaroy) mazmunida ham tushunilgan. Zohidlar xham maxsus Rabot larda yashaganlar. O’rta Osiyoda 8-10-asrlarda ko’chmanchi aholi yashaydigan hududlar bilan chegaradosh hududlarda ko’plab Rabotlar qurilgan. Ulardan eng mashhuri Raboti Malikdir.