Razdan

Razdan (1959 yilgacha axta posyolkasi) — Armanistondagi shahar, Razdan tumani markazi. Yerevandan 50 kilometr shimolidagi temir yo’l stantsiyasi. Razdan daryosi bo’yida. Aholisi 60,8 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Konkimyo kombinati, issiqlik elektr stansiyasi, Atarbekyan GES, sut, pivo, mashinasozlik zavodlari, yirik panelli uysozlik kombinati, sovitkichlar ishlab chiqarish kombinati, tikuvchilik fabrikasi ishlab turibdi. Vino ishlab chiqariladi. Teatr, industrial- texnologik texnikumi bor.