Radiogalaktika
Radiogalaktika (radio… va Galaktika) — o’zidan elektromagnit nurlanish spektrining radio to’lqinlar sohasida nisbatan ko’p energiya tarqatuvchi galaktikalar. Aslida barcha galaktikalar radio to’lqinlar sohasida nurlanishga ega, lekin bunda Radiogalaktikaning nurlanishi 1042 erg/sekunddan kam emas. Eng kuchli radionurlanishga ega bo’lgan Radiogalaktika sinfini D — galaktikalar tashkil etib, ular fazoviy keng va optik nurlarda ko’rinuvchi toji bo’lgan elliptik galaktikalar hisoblanadi. Galaktika to’dalarida esa eng kuchli Radiogalaktika ularning aynan markazida kuzatilib, juda massiv bo’lgan cD — galaktikalar bilan ustma-ust tushadi. Radiogalaktikaning radionurlanishi sinxrotron mexanizm orqali tushuntiriladi va ulardagi relyativistik zarralar bulutining magnit maydonda harakati tufayli sodir bo’ladi.
O‘xshash so‘zlar
- Radiogeologiya, yadroviy geologiya
- Radiografiya
- RADIOGRAMMA
- Radiointerferometr
- Radioizotop diagnostika
- Radiokarnay
- Radiokimyo
- Radiokompas











