Rajabov Narzi
Rajabov Narzi (1924, Buxoro viloyati, Jondor tumani — 1944.22.8, Ungeni shahri, Moldaviya) — 2-jahon urushi qatnashchisi, oddiy askar. 1942 yil yanvardan frontda. 2-ukraina fronti 52-armiya 31-o’qchi diviziyasining 818-o’qchi polka pulemyotchisi bo’lgan. Rajabov 1944 yil Cherkassi viloyatining Zvenigorodka rayonidagi Rijanovka qishlog’ini va Moldaviyaning bir qancha qishloqlarini ozod etishda pulemyotdan o’t ochib, dushmanning bir necha o’t ochish nuqtasini o’chirgan, 200 dan ortiq gitlerchini qirib tashlagan. Janglardan birida (22 avgust) qahramonlarcha halok bo’lgan. 1944 yil 13 sentabrda qahramon unvoni berilgan. Rajabovning yurtida byusti o’rnatilgan, o’rta maktabga nomi berilgan.