Radif
Radif (Arabcha — ketma-ket keluvchi) — Sharq xalqlari, shu jumladan, o’zbek she’riyatida misra yoki bayt oxirida qofiyadan keyin takrorlanib keluvchi so’z, ibora, gap. Radif bir so’z (qisqa Radif) yoki bir necha so’z (yoyiq Radif)dan iborat bo’lishi mumkin. Bir so’zli Radif ko’proq uchraydi. She’r texnikasi taqozosiga ko’ra, Radif takrorlanishi emotsional jihatdan lozim va zarurdir. G’azalda Radif matla’dan maqta’gacha qofiyadosh so’zlardan keyin takrorlansa, masnaviyda bayt doirasidagina keladi. Ba’zan Radif qofiyadan oldin, hatto qator boshida keladi. Radif qofiya bilan boshqariladigan ohangdoshlikni, tovush uyg’unligini ta’minlashga xizmat qiladi, she’rga musiqiylik va ritmik ohang baxsh etadi. She’rning tarjimasida ham Radif saqlanib qoladi.