Radiolyariyalar, nurlilar
Radiolyariyalar, nurlilar (Raliolaria) — soxta oyoqli bir hujayrali hayvonlar kenja sinfi. O’lchami 40 mkm dan 1 mm gacha. Dengiz planktoni. Radiolyariyalar endoplazmasi ichki kapsula va mineral skelet bilan chegaralangan. Tanasidagi teshikchalaridan tashqariga ipsimon soxta oyoklari (psevdopodiylar) chiqib turadi. Yadrosi bitta, ko’p marta bo’linib, 2 xivchinli erkin suzib yuradigan zoosporalar, ulardan Radiolyariyalar hosil bo’ladi. Jinssiz ko’payadi. Asosan, suvi iliq dengizlarda tarqalgan. Radiolyariyalar skeleti suv tubiga cho’kib, cho’kma jinslar tarkibiga kiradigan Radiolyariyalar loyini hosil qiladi. Metallarga ishlov berish va jilvir qog’ozlar tayyorlashda foydalaniladigan trepel Radiolyariyalar skeletidan iborat.