Manaplar
Manaplar — qirg’iz qabilalari urug’ zodagonlari (biylar, harbiy boshliqlar va boshqalar). 19-asr boshidan Manaplarning imtiyozlari meros bo’lib qoladigan bo’lgan. Ular og’a Manaplar va ularga tobe bo’lgan kichik (chala) Manaplarga bo’lingan. Manaplar ko’plab qoramol, keng yaylov va boshqalarga ega bo’lishgan. Chor hukumati Qirg’izistonni bosib olgandan so’ng, Manaplar uning ishonchli tayanchiga aylangan. 1919-24 yillarda sho’ro hukumatiga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olonlarda faol qatnashganlar. Manap unvoni 20-yillarning oxirida bekor qilingan.