Mamanov Norqul Ziyotovich
Mamanov Norqul Ziyotovich (1947.20.2, Toyloq tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1999). SamDUning o’zbek va tojik Filologiyasi fakultetini tugatgan (1973). 1966— 86 yillarda Samarqand viloyatining Toyloq tumanidagi 82-maktabda, 1986 yildan 47-maktabda ona tili va adabiyoti o’qituvchisi. Mamanov darslarni o’ziga xos tarzda, ya’ni reyting, bozor, sayohat, seminar, musobaqa, sud usullarini tadbiq etgan holda olib boradi va ko’rgazmali qurollardan unumli foydalanadi.