Shayx Hasan Sabroniy maqbarasi
Shayx Hasan Sabroniy maqbarasi — Xorazm viloyati Shovot tumanidagi me’moriy yodgorlik (14-asr boshlari). Shayx Hasan Sabroniy, rivoyatlarga ko’ra, 12-asrda yashagan; maqbara 14-asr boshlarida bunyod etilganligi aniqlangan. To’rtburchak tarhli (9, 1×9,7 metr) maqbara peshtoqgumbazli, bezaksiz; uning qurilishida yapaloq g’isht (23x 23×3,5-4 santimetr) va ganch qorishmasidan foydalanilgan. Vayrona holida bo’lgan (gumbazi 1937 yilda qulab tushgan) maqbara 20-asr 80-yillarida qayta qurilgan.