Shayx

Shayx (Arabcha — keksa, oqsoqol; qabila, urug’, oila oqsoqoli) — Islom dini tarqalgan mamlakatlarda avvalo bilimdon kishilarga, so’ngra ulamolar, faqixlarga berilgan nom. Keyinchalik sufiylik tariqatidagi pirlar, eshonlar, muqaddas joylarning mutasaddilari ham Shayx deb yuritilgan. Arablarda islomdan ilgari urug’, qabila boshliqlari, katta patriarxal oila oqsoqollari Shayx deb atalgan. Musulmon mamlakatlarida hozir Shayx oliy diniy maktablarning mudarrislari va yirik ulamolarga nisbatan qo’llanadi.