Sharqiy tavr tog’lari

Sharqiy tavr tog’lari — Turkiyaning Janubi sharqidagi tog’lar. G’arbdan sharqqa 600 kilometrga cho’zilgan. Eng baland joyi 3090 metr. Asosan, otqindi va cho’kindi jins (ohaktosh va qumtosh) lardan tuzilgan. Dajla, Furot daryolari hamda ularning irmoqlari bilan bo’lib yuborilgan. Iqlimi kontinental. Shimoliy quruq yon bag’irlari etaklari chala cho’l, yuqorirog’i dashtlardan iborat, sernamroq Janubiy yon bag’irlarida makvis chakalakzorlari, yuqoriroqda dub o’rmonlari va archazorlar hamda Alp o’tloqlari mavjud. Voha dehqonchiligi rivojlangan.